YI yerosti gaz omborlari 67,2%ga toʻldi
25-noyabr gaz sutkasi yakunida Yevropadagi gaz zaxiralari 67,2%gacha kamaydi — besh yillik oʻrtachadan 18,17 foiz bandiga past.

Gas Infrastructure Europe maʼlumotiga koʻra, Yevropadagi yerosti gaz omborlarida zaxiralar 67,2%ni tashkil etdi. Soʻnggi yetti kun davomida omborlardan sutkasiga oʻrtacha 414 mln kub metr gaz olindi — bu besh yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan 16% yuqori.
Yerosti gaz omborlari jahon gaz bozorining asosiy koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Yevropa jahon bozorida suyultirilgan tabiiy gazning jami importi boʻyicha hamon eng yirik importyor boʻlib qolmoqda. Gaz olish dinamikasi ob-havo sovishi haqidagi prognoz fonida shakllanmoqda: joriy haftada mintaqadagi oʻrtacha harorat iqlimiy meʼyordan 4 daraja Selsiy past boʻlishi kutilmoqda.
Oy boshidan beri gaz issiqlik elektr stansiyalari bilan raqobat qiluvchi shamol energetikasi mintaqaning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojining oʻrtacha 21 foizini qoplamoqda. Bu maʼlumotlarni WindEurope assotsiatsiyasi keltiradi.
2026-yil noyabrida suyultirilgan tabiiy gaz importi, kutilishicha, 8,9 mln tonnani tashkil etishi mumkin — bu bir yil avvalgidan 7% kam. GIE gaz tashish infratuzilmasi va omborlari, jumladan, suyultirilgan tabiiy gaz bilan ishlash obyektlari operatorlarini birlashtiradi.






