Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Tahlil

Oʻzbekiston aholisi xarid uchun qachon va qayerga boradi?

Yandex Maps tahliliga koʻra, 2025-yil sentyabr–noyabr oylarida Oʻzbekiston aholisi savdo markazlariga yanvar–martdagidan qariyb 60 foiz koʻproq marshrut tuzgan.

19-noyabr, 15:55По-русски

Read in English

Servis maʼlumotlariga koʻra, oʻsish iyulda boshlanadi: savdo markazlariga tuzilgan marshrutlar soni har oy oshib, oktabrda eng yuqori darajaga yetadi. Oʻshanda koʻrsatkich yil davomida qiziqish eng past boʻlgan fevraldagidan qariyb uchdan ikki qismga yuqori boʻlgan. Dekabrda marshrutlar soni oktabrdagi darajadan atigi 1 foiz kam boʻlgan; bu davrda foydalanuvchilar sovgʻalar, bezaklar va Yangi yil uchun mahsulotlar xarid qilishga borgan.

2026-yil yanvar–noyabr oylarida tuzilgan marshrutlar soni boʻyicha Tashkent City Mall yetakchilik qilgan. Keyingi oʻrinlarni Abu Sahi Center, Seul Mun, Mega Planet va Samarkand Darvoza egallagan. Bu besh savdo markazining barchasi Toshkentda joylashgan.

2026-yil yanvar–sentyabr oylarida tashkilotlarga tuzilgan har 100 ta marshrutning qariyb toʻrttasi savdo markazlariga toʻgʻri kelgan. Doʻkonlar, kafelar va avtoturargohga marshrut tuzish uchun qavatlar sxemalari sakkizta savdo markazida mavjud: beshtasi Toshkentda, uchtasi Samarqandda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media