Oʻzbekiston aeroportlarining yoʻlovchi oqimi 12,6 mln kishiga yetdi
Yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston aeroportlari 12 662 922 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi — bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 13 foizga koʻp. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Bu davrda mamlakat aeroportlari 102 836 ta aviaqatnovni qabul qildi. Yoʻlovchi oqimining oʻsishini xalqaro va ichki yoʻnalishlar taʼminladi, bunda xalqaro tashuvlar umumiy hajmning katta qismini tashkil etdi.
Eng yirik aviatsiya markazi maqomini Toshkent saqlab qoldi: poytaxt aeroporti 8 489 320 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi. Hududiy aeroportlar orasida eng katta yoʻlovchi oqimi Samarqand, Urganch, Fargʻona va Namanganda qayd etildi. Andijonda aeroport faoliyati tiklanganidan soʻng koʻrsatkich 8,7 baravar oshdi, Namangan va Qarshida esa yoʻlovchi oqimi kamaydi.
Yuk tashish segmentida ham oʻsish kuzatildi: aeroportlar 84,8 ming tonna yuk va pochtaga ishlov berdi. Asosiy hajm Toshkent aeroporti hissasiga toʻgʻri keldi.


