Chorshanba, 28-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 918.98▲ 57.02EUR13 283.70▲ 5.42RUB148.04▲ 0.91CNY1 787.60▲ 8.72KZT26.12▼ 0.18GBP15 876.08▲ 42.7428.10.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Statistika qoʻmitasi Oʻzbekistondagi oʻrtacha ish haqini eʼlon qildi va ilk bor median ish haqini ochiqladi

Eʼlon qilingan maʼlumotlar kichik korxonalar, mikrofirmalar va qishloq xoʻjaligi korxonalarini qamrab olmaydi, shu sababli barcha xodimlarning daromadlarini aks ettirmaydi.

28-oktabr, 15:05По-русски
commons.wikimedia.org — Shixart1985

Milliy statistika qoʻmitasi 27 oktabr kuni ish haqi boʻyicha maʼlumotlarni eʼlon qildi. 2026 yilning yanvar-sentabr oylaridagi natijalarga koʻra, Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7,274 mln soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yilning shu davridagidan 18 foizga koʻp.

Hududlar kesimida poytaxt birinchi oʻrinda: Toshkentdagi xodimlar oʻrtacha 12,3 mln soʻm olgan. Iqtisodiy faoliyat turlari orasida eng yuqori ish haqi moliyaviy xizmatlar, sugʻurta, lizing va kreditlash sohasida qayd etilgan — oʻrtacha koʻrsatkich 19,71 mln soʻmni tashkil qilgan.

Hisobotdagi yangiliklardan biri median ish haqi haqidagi eksperimental maʼlumotlar boʻldi. Yanvar–avgust oylarida uning miqdori 4,166 mln soʻm deb baholangan. Mediana xodimlarni ikki teng guruhga ajratadi: xodimlarning yarmi bu summadan koʻproq, yarmi esa kamroq oladi. Shu sababli u odatiy daromadni aniqroq koʻrsatadi va ayrim xodimlarning yuqori ish haqiga kamroq taʼsirchan boʻladi. Uni oʻrtacha ish haqi bilan bevosita taqqoslash toʻgʻri emas, chunki koʻrsatkichlar turli davrlar uchun hisoblangan.

Yana oʻqing