Seshanba, 27-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Kompaniyalar

Hyundai 2032 yilgacha Hindiston avtomobil sektoriga 15,5 mlrd dollar investitsiya kiritadi

Investitsiyalar ishlab chiqarishni kengaytirish, texnologiyalarni rivojlantirish va mahalliy yetkazib beruvchilar ekotizimini yaratishga yoʻnaltiriladi, deya xabar berdi kompaniya.

15-oktabr, 12:21По-русски
Unsplash — Фото Lex на Unsplash

Hyundai Motor Group 2026–2032 yillarda Hindiston avtomobil sektorini rivojlantirishga 15,5 mlrd dollar investitsiya kiritadi. Mablagʻlar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, tadqiqot va ishlanmalar infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, butlovchi qismlarning mahalliy yetkazib beruvchilari hamda innovatsion texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Investitsiyalar Hindistonda maxsus tashkil etilgan kompaniya orqali muvofiqlashtiriladi. Rejani Hyundai kompaniyasining ijrochi raisi Euisun Chung va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi muhokama qildi. Loyiha doirasida ishlab chiqarish, tadqiqot va ishlanmalar hamda turdosh sohalarda ish oʻrinlari yaratilishi kutilmoqda. Hozirda Hyundai Hindistonda yiliga 1,4 mln.dan ortiq avtomobil ishlab chiqaradi.

Yana oʻqing