Tesla yangi uchuvchi premium sportkari Roadsterni namoyish etdi
Seriyali ishlab chiqarish 2028-yildan oldin boshlanmaydi; avtomobilni havoda siqilgan havoni chiqaruvchi soplolar tizimi boshqaradi.

Tesla Roadsterʼni seriyali ishlab chiqarishni 2028-yildan oldin boshlamaslik rejalashtirilgan. Avtomobilni havoda boshqarish uchun siqilgan havoni chiqaruvchi soplolar tizimidan foydalaniladi.
Texasdagi SpaceX sinov maydonida oʻtkazilgan taqdimot paytida elektromobil maxsus egri rampada tezlik oldi, havoda toʻntarilib, yerga qoʻndi. Shundan soʻng Roadster bir nechta Tesla avtomobili, jumladan Semi elektr yuk mashinasi ustidan uchib oʻtdi va keyin yana qoʻshimcha tryuklarni bajardi.
Kompaniya, shuningdek, sportkar atigi 0,81 soniyada 60 mil/soat (taxminan 97 km/soat) tezlikka erishayotgan videoyozuvni namoyish etdi. Havo soplolari tizimini ishlab chiqishda SpaceX mutaxassislari ishtirok etgan.



