Seshanba, 27-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Kompaniyalar

Kvant kompyuterlarini ishlab chiquvchi IonQ kiberxavfsizlik kompaniyasini 1,3 mlrd dollargacha sotib oladi

Kvant hisoblash texnologiyalariga ixtisoslashgan Amerikaning IonQ kompaniyasi kiberxavfsizlik yechimlarini ishlab chiquvchi Elisity kompaniyasini sotib olishini eʼlon qildi. Bitim kompaniyalarni zamonaviy kiberhujumlar va kvant texnologiyalarining rivojlanishi bilan bogʻliq kelajakdagi tahdidlardan himoya qilishni kuchaytiradi.

13-oktabr, 18:59По-русски

Bitim qiymati 1,3 mlrd dollargacha yetishi mumkin. Bu summa muayyan shartlar bajarilgan taqdirda toʻlanadigan 150 mln dollargacha boʻlgan qoʻshimcha toʻlovlarni ham oʻz ichiga oladi. Hisob-kitoblar IonQ aksiyalari bilan amalga oshiriladi. Regulyatorlar ruxsati olingach, xaridni toʻrtinchi chorakda yakunlash rejalashtirilmoqda.

Elisity texnologiyalari korporativ tarmoqlar, oʻta muhim infratuzilma va sunʼiy intellekt tizimlarini kiberhujumlardan himoya qilishga yordam beradi. Sunʼiy intellektdan foydalanish hamda kelajakdagi kvant kompyuterlarining imkoniyatlari bilan bogʻliq tahdidlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

IonQ rahbari Nikkolo de Mazi kelajakda yetarlicha qudratli kvant kompyuterlari bugun qoʻllanayotgan shifrlash usullariga tahdid solishi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning soʻzlariga koʻra, kompaniyalar va davlat muassasalari bunday xatarlarga oldindan tayyorgarlik koʻrishi kerak.

Yana oʻqing