Visa Xitoyda bank kartalari orqali toʻlovlarni qayta ishlashga ruxsat oldi
Visa kompaniyasining xabar berishicha, regulyator maʼqullaganidan soʻng kompaniya mamlakat ichki toʻlov bozoriga xizmat koʻrsatishi mumkin.

Visa Xitoy Xalq bankidan mamlakatda bank kartalari boʻyicha kliring biznesini tashkil etishga ruxsat oldi. Bu kompaniyaga Xitoyning ichki toʻlov bozoriga kirish imkonini beradi.
Qaror shu yil AQSh va Xitoy prezidentlarining uchinchi uchrashuviga tayyorgarlik koʻrilayotgan bir paytda qabul qilindi. Visa rahbari Rayn MakInerni maʼqullovni «muhim bosqich» deb atadi va kompaniya ish boshlashi uchun mahalliy qoidalarga rioya qilishga tayyorligini bildirdi. Visa litsenziya olish uchun arizani 2020-yil may oyida topshirgan.
Visa raqobatchilari allaqachon Xitoy bozorida faoliyat yuritmoqda: Mastercard 2024-yilda toʻlovlarni qayta ishlashni boshlagan, American Express esa 2020-yil iyunida litsenziya olgan. Xitoyda WeChat Pay va Alipay orqali amalga oshiriladigan mobil toʻlovlar ustunlik qiladi.


