Chorshanba, 28-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Iqtisodiyot

“Rosatom” Indoneziyaga suzuvchi energobloklarni yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishdi

Loyihani tijoriy asosda, B2B formatida amalga oshirish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish va Indoneziya budjetidan foydalanmaslik rejalashtirilmoqda.

16-oktabr, 18:54По-русски

“Rosatom”ning Indoneziyaning PT Pembangkit Listrik Nuklir kompaniyasi bilan kelishuvi ikkita PEB-100 energoblokini topshirishni nazarda tutadi. Ularning jami quvvati 200 MVtni tashkil etadi, reaktor qurilmalari RITM oilasiga mansub. Gap bunday energobloklar boʻyicha ilk eksport loyihasi haqida bormoqda.

Qurilmalar Shimoliy Maluku mintaqasidagi Shimoliy Halmahera hududidagi isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashi kerak. Yetkazib berishni boshlash shartnomaning asosiy shartlari kuchga kirganidan keyin kamida besh yil oʻtgach amalga oshirilishi mumkin.

Davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachyovning maʼlum qilishicha, “Rosatom” shunga oʻxshash loyihalarni bir vaqtning oʻzida bir nechta Afrika davlatlari va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan ham muhokama qilmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, Misr bu texnologiyaga allaqachon bevosita qiziqish bildirgan.

Yana oʻqing