Seshanba, 27-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Startaplar

Licube startapi termoyadroviy elektr stansiyalari uchun litiy-6 ni tozalaydi

Termoyadroviy energetika haqiqatga aylansa, kompaniya 2040 yilga borib hajmi 50 milliard dollarga yetadigan bozorni egallashni rejalashtirmoqda, deb yozadi TechCrunch.

14-oktabr, 16:13По-русски
licube3.com — PrtSct - licube3.com - Официальный сайт стартапа

Yaponiyaning Licube startapi termoyadroviy reaktorlarda yoqilgʻi ishlab chiqarish uchun muhim element boʻlgan litiy-6 ni tozalash texnologiyasini Xirosima universitetidan litsenziyaladi. Hozir tabiiy litiy tarkibida bu izotop atigi 7,5 foizni tashkil etadi, qolgan qismi esa tritiy hosil qilish uchun kamroq mos keladigan litiy-7 dan iborat.

Kompaniya kelajakdagi termoyadroviy elektr stansiyalarini yoqilgʻi bilan taʼminlash uchun litiy-6 tozaligini 99,995 foizgacha oshirmoqchi.

Termoyadroviy energetika hali sanoat miqyosiga chiqmagan bir paytda Licube tozalangan litiy bilan yarimoʻtkazgich, farmatsevtika va atom sanoati korxonalarini taʼminlashni rejalashtirmoqda. Startap asoschisi Yohey Kigutiyning aytishicha, termoyadroviy loyihalar amalga oshirilsa, bozor hajmi 2040 yilga borib 50 milliard dollarga yetishi mumkin.

Licube oʻz texnologiyasini San-Fransiskoda boʻlib oʻtadigan TechCrunch Disrupt konferensiyasida Startup Battlefield tanlovi doirasida taqdim etadi.

Yana oʻqing