Seshanba, 27-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Kompaniyalar

Oʻzbekiston xaritasida Yangi Qarshi paydo boʻladi

Shahar 500 ming aholiga moʻljallanadi

22-oktabr, 15:04По-русски
t.me — Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahri, Qukdala va Qarshi tumanlari tutashgan hududda Yangi Qarshi shahrini barpo etish rejalashtirilganini maʼlum qildi. Shahar hududi 5 000 gektarni tashkil etadi.

Zamonaviy shaharsozlik yechimlariga asoslangan bosh reja ikki oy ichida ishlab chiqiladi, bu ishlar uchun dastlab 20 mlrd soʻm ajratiladi. Loyihani ishlab chiqishga nufuzli arxitektura kompaniyalari jalb etiladi.

Yangi hududlarda koʻp qavatli uylar, savdo va biznes markazlari quriladi. Ular «yashil shahar» va «aqlli shahar» tamoyillari asosida barpo etiladi. Viloyatda yashil hududlarni kengaytirish va koʻchat ekish boʻyicha «Qashqadaryo tajribasi» ham yaratiladi, har yili oʻtkaziladigan «Eng yashil mahalla» tanlovi gʻoliblariga elektromobillar va boshqa qimmatbaho sovgʻalar topshiriladi.

Yana oʻqing