Indoneziya aksiyalari bozori keskin tushib ketdi
Indoneziya fond bozori MSCI xalqaro indeks provayderining mamlakat maqomi pasaytirilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishidan soʻng 1998-yildan beri eng yirik qulashni boshdan kechirdi.
16-oktabr, 17:25По-русски

Unsplash — Фото Tötös Ádám на Unsplash
Juma kuni Jakarta Composite 11,6 foizga tushdi — bu 1998-yil yanvaridan beri qayd etilgan eng yomon natija. Bunga MSCIʼning Indoneziya aksiyalari bozori maqomi yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazilishini eʼlon qilgani sabab boʻldi.
Tasnif oʻzgargan taqdirda, Indoneziya aksiyalari MSCI xalqaro indekslaridan chiqarilishi mumkin.
Bu masala boʻyicha qaror 2027-yil iyun oyi oxirigacha qabul qilinishi kerak. Agar maslahatlashuvlar sezilarli yaxshilanish boʻyicha ishonchli dalillar bermasa, maqomni qayta koʻrib chiqish mumkin.
