Seshanba, 27-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Tramp Grenlandiyada neft, gaz va minerallarni keng koʻlamda qidirish ishlari haqida maʼlum qildi

AQSh prezidenti orolda oson qazib olinadigan neftning dunyodagi eng yirik zaxiralari borligini aytdi, biroq ishlar qachon boshlanishini maʼlum qilmadi.

14-oktabr, 17:10По-русски
commons.wikimedia.org — The White House

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmogʻida Grenlandiyada neft, gaz va minerallarni «ulkan miqyosda» qidirishga tayyorgarlik koʻrilayotganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, oroldagi oson qazib olinadigan neft zaxiralari dunyoning aksariyat mintaqalaridagidan koʻp, resurslar esa AQSh va Yevropa xavfsizligi uchun nihoyatda muhim.

Tramp geologik qidiruv ishlari qachon boshlanishini aytmadi. AQShning U.S. Greenland Energy Company kompaniyasi avvalroq orol maʼmuriyati bilan uskunalarni muvofiqlashtirishdagi muammolar sabab Sharqiy Grenlandiyada ikkita quduq burgʻilashni 2027-yil qishigacha kechiktirgandi.

Grenlandiyada uglevodorodlar va noyob yer metallari katta miqdorda mavjud, biroq ularni qazib olish infratuzilmaning yoʻqligi, ogʻir iqlim sharoiti va yuqori xarajatlar sabab qiyin. Wood Mackenzie tahlilchilarining taʼkidlashicha, loyihalarning iqtisodiy jihatdan samarasizligi tufayli orol «ikkinchi Venesuela»ga aylanmaydi.

Yana oʻqing