Chorshanba, 28-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Kompaniyalar

Volvo ogʻir ishlar uchun 540 ot kuchiga ega yangi VNX yuk mashinasini taqdim etdi

Volvo Trucks kompaniyasi 2026-yil 14-oktabr kuni Shimoliy Amerikada qurilish maydonchalari, qishloq xoʻjaligi, infratuzilma loyihalari va ogʻir yuklarni tashishga moʻljallangan VNX yuk mashinasining yangi avlodini taqdim etdi.

16-oktabr, 17:08По-русски

Model murakkab ekspluatatsiya sharoitlari uchun maxsus ishlab chiqilgan. Kompaniya uning yordamida hozirda Shimoliy Amerika ixtisoslashgan yuk texnikasi bozorining qariyb 2–3 foizini egallab turgan mavqeyini mustahkamlashni koʻzlamoqda.

Yangi VNX 12,8 litr hajmli, quvvati 540 ot kuchigacha boʻlgan D13 dizel dvigateli va 2600 N·m aylantiruvchi moment bilan jihozlangan. Modelning xususiyatlari qatoriga kuchaytirilgan kabina, piyodalarni aniqlash tizimi va koʻrish kameralari kiradi. Remote Steer funksiyasi yuk mashinasini kabinadan tashqarida, soatiga 8 km gacha tezlikda boshqarish imkonini beradi va tor joylarda manevr qilishni yengillashtiradi. Shuningdek, notekis yuzada yuk mashinasining oldinga yoki orqaga kutilmaganda harakatlanishining oldini oluvchi Terrain Brake tizimi ham mavjud.

Yana oʻqing