Seshanba, 27-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Brent narxi yana 110 dollardan oshdi

Bunga Fors koʻrfazida tankerlarga qilingan hujumlar sabab boʻldi

19-oktabr, 23:59По-русски

19 oktabr kuni Brent nefti bir barreli 109,68 dollardan, West Texas Intermediate esa 98,55 dollardan kotirovka qilindi. Brent narxi soʻnggi besh oy ichidagi eng yuqori darajaga yetdi.

Eronning Ormuz boʻgʻozida tankerlarga bergan zarbalaridan keyin eksport oqimlari yana keskin qisqardi. Bozor ishtirokchilari Fors koʻrfazidan normal taʼminot tez orada tiklanishiga tobora koʻproq shubha qilmoqda.

ING xomashyo bozori tahlilchilari Uorren Patterson va Eva Manti bozor beqaror vaziyat tufayli risk uchun sezilarli mukofotni narxlarga allaqachon kiritgan, deb hisoblaydi. Ularning baholashicha, oqimlar barqaror boʻlsa, bu mukofot asta-sekin yoʻqoladi. Kotirovkalarga, shuningdek, yamanlik husiylarning Saudiya Arabistonidagi energetika obyektlari, aeroportlar va harbiy obyektlarga bergan yangi zarbalari ham taʼsir koʻrsatdi.

Yana oʻqing