Seshanba, 27-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Kompaniyalar

Beeline Uzbekistan bir qator shartlar asosida Perfectumni sotib olishga rozilik oldi

Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi abonentlarni VEONʼning raqamli xizmatlaridan foydalanishga majburlashni taqiqladi

20-oktabr, 14:21По-русски

Perfectum brendi ostida mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi Rubicon Wireless Communication AJ aksiyalarining 100 foizini sotib olishga dastlabki rozilik berildi.

Bitimni Birlashgan Arab Amirliklarida roʻyxatdan oʻtgan VEON UZB Holding Ltd. amalga oshiradi. Kompaniya Oʻzbekistonda Beeline brendi ostida faoliyat yurituvchi Unitelʼning 100 foiz ulushiga ham egalik qiladi.

Perfectum kamida uch yil davomida mustaqilligini saqlab qolishi, 5G Standalone tarmogʻi esa Oʻzbekistonning boshqa hududlarida rivojlantirilishi kerak. Amaldagi abonentlar uchun 5G FWA tariflarini 12 oy davomida oʻzgartirish mumkin emas; oʻrtacha tezlik kamida 300 Mbit/s boʻlishi lozim.

Bundan tashqari, shartlar xizmat koʻrsatish sifatining asossiz yomonlashishiga, abonentlar maʼlumotlaridan raqobatni cheklash uchun foydalanishga yoki ularni qonunga xilof ravishda xorijdagi serverlarga uzatishga yoʻl qoʻymaydi. Bitim ishtirokchilari «Raqobat toʻgʻrisida»gi qonunga rioya qilishi shart.

Yana oʻqing