Seshanba, 27-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Startaplar

Mask Nvidia chiplarini sotib olish uchun 40 mlrd dollar qarz mablagʻi jalb qilinganini maʼlum qildi

Tadbirkor bu mablagʻlardan foydalanish imkoniyatini SpaceXʼning investitsiya reytingi, Starlink tushumi va raketa uchirishlardan olinadigan daromadlari bilan bogʻladi.

27-oktabr, 18:21По-русски

SpaceX rahbari Ilon Maskning soʻzlariga koʻra, kompaniya Nvidia grafik protsessorlarini sotib olish uchun 40 mlrd dollar qarz jalb qilgan.

25 oktabr holatiga koʻra, narx boʻyicha muzokaralar davom etayotgan edi. Shu sababli bitimning yakunlanishi va qarz boʻyicha kelishilgan qiymat hali tasdiqlanmagan edi. Mablagʻ jalb etish jarayonini Goldman Sachs boshqa banklar bilan birgalikda muvofiqlashtirgan. Apollo Global Management tuzilmalari investor boʻlishi kerak edi; Pacific Investment Management Co. ham ishtirok etish imkoniyatini koʻrib chiqqan.

Mask sunʼiy intellekt uchun bulutli xizmatlar provayderlari boʻlgan 200 dan ortiq «neokloud»ning qulashi va keyinchalik birlashishini prognoz qilmoqda. SpaceX bunday kompaniyalarni sotib olishni rejalashtirmayapti: tadbirkor bu gʻoyani «maʼnosiz» deb atadi.

Yana oʻqing