WB Taxi Andijonda ishga tushmoqda
Shaharda xizmat uchta tarif boʻyicha ishlaydi: «Standart», «Komfort» va «Multi»

WB Taxi kompaniyasining Oʻzbekistondagi rahbari Timur Aliyev xizmat hozir hamkor haydovchilarga pasaytirilgan komissiya stavkasi, toʻlovlarning barqaror jadvali va qoʻshimcha daromad olishning shaffof mexanizmlarini taklif qilayotganini taʼkidladi.
Yoʻlovchilar uchun sodiqlik dasturi joriy etilgan: naqd pulsiz toʻlangan har bir safar uchun bonus ballari beriladi. Ulardan kelgusi buyurtmalar qiymatini qoplash uchun foydalanish mumkin.
Respublika hududida safarga Toshkent, Samarqand, Buxoro va Namanganda buyurtma berish mumkin. Mamlakat tashqarisida esa platforma Belarusning (Minsk, Brest), Qirgʻizistonning (Bishkek, Oʻsh, Manas) va Armanistonning (Yerevan) asosiy shaharlarida ishlaydi.


