Netflix foydasi oshib borayotganiga qaramay, 1000 xodimini ishdan boʻshatadi
Bu qaror kompaniya tarixidagi eng yirik ishdan boʻshatishlar toʻlqini boʻldi, deb yozadi Variety xizmat yozishmasiga tayanib.

Netflix qariyb 1000 xodimini ishdan boʻshatmoqda. Bu kompaniyadagi jami xodimlar sonining 6 foizini tashkil etadi. Bu avvalgi qisqartirishlardan ham koʻproq: 2022 yil may oyida 150 kishi, oʻsha yil iyunida esa yana 300 kishi ishdan boʻshatilgan.
Asosiy qisqartirishlar mahsulotlarni rivojlantirish, texnologiyalar, HR va yuridik xizmatlar jamoalariga toʻgʻri keladi. Bosh direktorlar Ted Sarandos va Greg Peters xodimlarga yuborgan memorandumda bu qarorni kompaniya missiyasi — «dunyoni koʻngil ochirish» — ga erishish uchun «resurslarni intizom bilan taqsimlash» zarurati bilan izohladi.
2025 yilda Netflixʼning tushumi $45,2 mlrdgacha oshdi, sof foydasi esa 325 mln obunachi boʻlgan holda $11 mlrdga yetdi. Kompaniyaning reklama biznesi 2024 yildan 2025 yilgacha daromadini ikki baravar oshirib, $1,5 mlrdga yetkazdi. Bunga oyiga $7,99 turadigan reklamali tarif sabab boʻldi; uni 9,4 mln.dan ortiq foydalanuvchi tanlagan.



