Seshanba, 27-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Startaplar

Kodlarni sunʼiy intellekt yordamida test qiluvchi Blacksmith startapi 1 mlrd dollarga baholandi

Platformadagi kompaniyalar soni avgustdagi qariyb 5 mingdan 10 mingdan oshiqgacha koʻpaydi

23-oktabr, 14:31По-русски

Amerikaning Blacksmith startapi C seriyasidagi investitsiya raundida 66 mln dollar jalb qildi va shundan soʻng uning bahosi 1 mlrd dollarga yetdi. Raundga Sequoia Capital boshchilik qildi.

Kompaniya yangi mablagʻlarning katta qismini hisoblash quvvatlarini sotib olishga yoʻnaltiradi, dedi Blacksmith hammuassisi va bosh direktori Aditya Jayaprakash. Uning soʻzlariga koʻra, platforma hozir haftasiga 90 mln marta kodni tekshiradi, yillik tushum esa oʻnlab million dollarni tashkil etadi.

Blacksmith uzluksiz integratsiya (CI) xizmatini — kodni mavjud kod bazasiga qoʻshish va ishga tushirishdan oldin uni avtomatik yigʻish hamda tekshirish xizmatini — sotadi. Jayaprakash mahsulotni sunʼiy intellekt asosidagi dasturlash vositalarini toʻldiruvchi xizmat deb hisoblaydi: ular qancha koʻp kod yaratsa, bu kodni tekshirishga talab shuncha yuqori boʻladi.

Yana oʻqing