Neft arzonlashganidan soʻng oltin narxi unsiyasi uchun 4152 dollarga yetdi
Hozir bir unsiya kumush uchun qariyb 57 dollar berilmoqda, platinaning narxi esa 1646 dollarni tashkil etmoqda
20-oktabr, 13:24По-русски
Neftning arzonlashuvi inflyatsion bosimni susaytiradi, bu esa oltin narxiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Qimmatbaho metall mablagʻlarini saqlab qolishga intilayotgan investorlar uchun hamon jozibador.
Bozor AQSh Federal zaxira tizimining foiz stavkalari boʻyicha qarorini va inflyatsiya haqidagi yangi maʼlumotlarni kutmoqda. Tahlilchilar Amerika regulyatori stavkani oʻzgartirmaydi, deb hisoblamoqda. Narxlarning keyingi harakatini inflyatsiya darajasi va mehnat bozoridagi vaziyat belgilaydi.
