XVJ 2026-yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 7,8 foizga oʻsishini prognoz qilmoqda
Jamgʻarma inflyatsiya va ishsizlik pasayishini, biroq toʻlov balansining joriy hisobvaragʻi taqchilligi oshishini kutmoqda.
13-oktabr, 17:57По-русски

commons.wikimedia.org — Solijonovm1996
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda 7,8 foizga oʻsishini prognoz qilmoqda. Bu 2025-yildagi 7,7 foizlik oʻsishdan keyin yuz beradi. 2027-yilda oʻsish surʼati 6,5 foizgacha sekinlashadi.
Bu Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan (5,2 foiz) yuqori. XVJ bahosiga koʻra, 2026-yilda Oʻzbekistondan faqat Qirgʻiziston iqtisodiyoti tezroq — 9 foizga oʻsadi.


