XCMG yangi toʻliq avtonom elektr terminal tyagachini taqdim etdi
Konsept sanoat hududlarida past tezlikdagi tashuvlar uchun moʻljallangan va aralash harakat sharoitida ishlashi mumkin.

Xitoyning XCMG kompaniyasi SDA411 konseptini — kabinasiz, toʻliq elektrda ishlaydigan va L4 darajadagi avtonom boshqaruv tizimiga ega terminal tyagachini taqdim etdi. Kompaniya maʼlum qilishicha, atrof-muhitni 360° qamrab oluvchi idrok etish tizimi mashinaga yoʻnalishni mustaqil belgilash, toʻsiqlarni aylanib oʻtish, topshiriqlarni bajarish va parkovka qilish imkonini beradi.
Internetda eʼlon qilingan videolarda tyagach XCMG kampusi hududida harakatlanib, favqulodda toʻxtashlarni amalga oshiradi va zaryadlash qurilmasiga keladi. Keyin xodim uni qurilmaga ulaydi. Modelning boshqa texnik xususiyatlari va uni ehtimoliy ishga tushirish muddatlari oshkor etilmagan.

