Seshanba, 27-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 861.96▲ 23.04EUR13 278.28▲ 29.34RUB147.13▲ 0.08CNY1 778.88▲ 4.01KZT26.30▲ 0.20GBP15 833.34▲ 4.7027.10.2026 holatiga
Bozorlar

Indoneziya fond bozori olti yillik minimum darajaga tushdi

Jakarta Composite indeksi dushanba kuni 5,1 foizdan koʻproqqa pasayib, olti yildagi eng past darajaga yetdi.

19-oktabr, 12:20По-русски

MSCI tomonidan Indoneziyani rivojlanayotgan bozorlar toifasidan standalone toifasiga oʻtkazish taklifi indoneziyalik aksiyalarning asosiy xalqaro fond indekslaridan chiqarilishiga va Goldman Sachs bahosiga koʻra, qariyb 5,6 mlrd dollar miqdoridagi passiv investitsiyalar oqib ketishiga olib kelishi mumkin.

Agar FTSE Russell ham shunga oʻxshash qadam tashlasa, yana 2,7 mlrd dollar xavf ostida qolishi mumkin. Biroq bank buni alohida ssenariy sifatida koʻrib chiqmoqda. Goldman Sachs indekslar atrofidagi noaniqlik, kompaniyalarning zaif moliyaviy natijalari va makroiqtisodiy xatarlar sabab indoneziyalik aksiyalarga nisbatan underweight tavsiyasini hamon saqlab qolmoqda.

OAV xabarlariga koʻra, MSCI Indonesia indeksi 2026 yil boshidan buyon qariyb 47 foizga pasaydi. Shu bilan birga, Reuters maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan buyon indoneziyalik aksiyalardan xorijiy investitsiyalarning sof chiqib ketishi qariyb 4,88 mlrd dollarni tashkil etdi. Goldman Sachs tahlilchilari aksiyalar qiymati yana pasayishi mumkinligini istisno etmayapti va ularning bahosi hali eng past darajalarga yetmagan boʻlishi mumkinligini qayd etmoqda.

Yana oʻqing