Putin FSEG doirasida bozorning muhim masalalari boʻyicha maslahatlashuvlarni kengaytirishni taklif qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar manfaatlarini hisobga olishga, shuningdek, amaldagi gaz shartnomalariga rioya etishga chaqirdi.
27-oktabr, 19:16По-русски

commons.wikimedia.org — Пресс-служба Президента РФ
Gaz eksport qiluvchi mamlakatlar forumida Rossiya bozordagi xatarlarni oʻz vaqtida baholash uchun inqirozli vaziyatlar boʻyicha maslahatlashuvlarni kengaytirishni taklif qildi.
Putin, shuningdek, tabiiy gaz taklifini oshirish, konlarni oʻzlashtirish va qayta ishlash quvvatlarini modernizatsiya qilish zarurligini taʼkidladi. U transport loyihalariga, jumladan, dengiz flotiga hamda suyultirilgan tabiiy gazni yuklash va qabul qilish infratuzilmasiga alohida eʼtibor qaratishni taklif qildi.

