Sunʼiy intellekt avj olayotgan bir paytda Microsoft 60 000 xodimiga toʻlovlar bilan ishdan ketishni taklif qilmoqda
Taklif Xbox, Windows va Copilot boʻlimlaridagi xodimlarga taalluqli boʻladi, biroq kiberxavfsizlik, maʼlumotlar markazlari va marketing xodimlari bundan chiqarib tashlanadi.

Microsoft sunʼiy intellektning keng tarqalishi fonida xarajatlarni kamaytirish uchun 60 000 xodimiga ixtiyoriy ravishda ishdan ketish evaziga toʻlovlar taklif qilishini maʼlum qildi. Microsoft vitse-prezidenti va kadrlar boʻyicha direktori Emi Koulman dastur xodimlarga kompaniya koʻmagida undan tashqarida ishlashga oʻtish imkonini berishini aytdi.
Bu Microsoft kompaniyasining joriy yildagi navbatdagi shtat qisqartirishidir. Aprel oyida kompaniya AQShdagi xodimlarining taxminan 7 foiziga ixtiyoriy ravishda ishdan ketishni taklif qilgan edi. Oʻshanda uning AQShdagi xodimlari soni qariyb 125 000 nafarni, kompaniyadagi jami xodimlar soni esa taxminan 223 000 nafarni tashkil etgan.
Shu bilan birga, bunday choralar samaradorlikning oshishiga olib kelgan-kelmagani hozircha nomaʼlum. Milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosining ishchi hujjatida soʻrovda qatnashgan rahbarlarning 90 foizi hozircha sunʼiy intellekt tufayli mehnat unumdorligi oshganini koʻrmaganini bildirgan.



