TikTok bosh kompaniyasi asoschisi sunʼiy intellekt jadal rivojlanayotgan bir paytda Xitoyning eng boy odamiga aylandi
ByteDance asoschisi Chjan Iminning boyligi 100 milliard dollarga yetdi — u 43 foizga oshdi va oʻsish deyarli toʻliq sunʼiy intellekt biznesi hisobiga taʼminlandi.
28-oktabr, 15:26По-русски

Milad Fakurian, Unsplash
Hurun raisi Rupert Xugeverf bu oʻsishni mazkur yoʻnalishning kengayishi bilan bogʻladi.
Tadqiqot instituti boyligi 5 milliard yuandan ortiq boʻlgan 1 529 nafar ishtirokchini aniqladi — bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 6,6 foizga koʻp. Xugeverfning baholashicha, eng tezkor tarzda sunʼiy intellekt, yarimoʻtkazgichlar va robototexnika sohalaridagi tadbirkorlar boyigan. Isteʼmol sektori, koʻchmas mulk va anʼanaviy ishlab chiqarish vakillari esa kapital yoʻqotgan.



