Oxfam dunyoning eng boy odamlari iqlim falokatlaridan oladigan foydasini baholadi
Tashkilot indeksiga atrof-muhitni ifloslantirish yoki falokatlar oqibatlariga moslashish bilan bogʻliq 217 ta kompaniya kiritildi.
Dunyoning eng boy odamlari daromadni ikki tomondan oladi: atmosferani ifloslantiruvchi sohalardan ham, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etishga yordam beradigan biznesdan ham. Oxfam shunday xulosaga keldi, deb yozadi The Guardian.
Tashkilot bahosiga koʻra, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik koʻrish va ulardan keyin tiklanish bozori 2029 yilga borib yiliga 70 mlrd dollardan 92 mlrd dollargacha oʻsadi. Hisobot mualliflari bu holat yirik kapitalning chiqindilarni qisqartirishga boʻlgan qiziqishini susaytirishidan xavotirda.
Oxfam indeksiga inqirozni kuchaytiradigan yoki unga moslashishdan daromad oladigan 217 ta kompaniya kiritilgan: sovitish tizimlari va suv toshqinlariga qarshi toʻsiqlardan tortib, sugʻurta va kreditlargacha. Oziq-ovqat savdosi bilan shugʻullanuvchi kompaniyalarga egalik qiladigan milliarderlarning boyligi 2020 yildan beri 120 mlrd dollarga oshdi. Gʻarbiy Afrikadagi noodatiy ob-havodan keyin kakao narxi 231 foizga qimmatlashdi, biroq bundan mahalliy fermerlar hech qanday daromad olmadi.
Oxfam oʻta boylar va ifloslantiruvchi kompaniyalar uchun soliqlarni oshirishga chaqirmoqda.
