Juma, 30-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD12 066.22▲ 62.20EUR13 444.18▲ 82.51RUB149.74▲ 0.94CNY1 811.36▲ 10.68KZT26.63▲ 0.28GBP16 075.82▲ 124.8830.10.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda turli transport turlariga chipta xarid qilish uchun yagona platforma ishga tushirilishi mumkin

Yagona chipta tizimini 2027-yil 1-iyuldan Toshkent va Urganch aeroportlari hamda Xiva vokzalini bogʻlovchi yoʻnalishda sinov tariqasida joriy etish taklif qilinmoqda.

30-oktabr, 14:19По-русски
commons.wikimedia.org — Khusen Rustamov

Prezident qarori loyihasida «Bir yoʻl» milliy platformasini 2028-yil 1-yanvardan joriy etish taklif qilingan. Hujjat hozircha tasdiqlanmagan, shu sababli tizim hali ishlamayapti.

Xizmat poyezdlar, samolyotlar va avtobuslarning qatnov jadvallari hamda yoʻnalishlari, chiptalar narxi va boʻsh joylar haqidagi maʼlumotlarni birlashtirishi kerak. Yoʻlovchilar bir necha transport turidan foydalaniladigan safarlarni rejalashtirib, ular uchun bitta buyurtma orqali toʻlov qilishlari mumkin boʻladi.

Loyihada, shuningdek, sunʼiy intellekt yordamida turli transport turlarining qatnov jadvallarini muvofiqlashtirish ham nazarda tutilgan. Jumladan, avtobuslar harakatini poyezdlar va aviareyslar jadvaliga moslashtirish rejalashtirilmoqda.

Yana oʻqing