Payshanba, 29-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD12 004.02▲ 85.04EUR13 361.67▲ 77.97RUB148.80▲ 0.76CNY1 800.68▲ 13.08KZT26.35▲ 0.23GBP15 950.94▲ 74.8629.10.2026 holatiga
Kompaniyalar

United bosh direktori: Starlink aviakompaniyani tanlashda muhim omilga aylandi

Skott Kirbi vaqt oʻtishi bilan osmondagi yuqori tezlikdagi internet barcha aviakompaniyalar uchun standartga aylanishini kutmoqda.

29-oktabr, 18:30По-русски

United 2024 yilda Starlink xizmatiga ulanganidan soʻng samolyotlarining deyarli yarmini ushbu xizmat bilan jihozladi.

United bosh direktori Skott Kirbining aytishicha, ayrim yoʻlovchilar mintaqaviy reyslarni aynan Starlinkʼdan foydalanish imkoniyati uchun tanlamoqda. Xizmat United Express brendi ostidagi barcha mintaqaviy samolyotlarga oʻrnatilgan, uzoq masofali reyslarni amalga oshiradigan keng fyuzelyajli samolyotlarning esa 3 foizidan kamrogʻida mavjud.

United Delta va American mijozlarini jalb qilish uchun aksiya oʻtkazib, ularga sodiqlik dasturlaridagi maqomlarini tenglashtirishni taklif qildi. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, ikki hafta ichida minglab yoʻlovchilar unga qoʻshilgan.

Yana oʻqing