Chorshanba, 28-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 918.98▲ 57.02EUR13 283.70▲ 5.42RUB148.04▲ 0.91CNY1 787.60▲ 8.72KZT26.12▼ 0.18GBP15 876.08▲ 42.7428.10.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Tailand vizasiz safarlar toʻgʻrisidagi bitimni imzolashni kelishib oldi

Tailand Turizm va sport vazirligi Oʻzbekistondan keladigan sayyohlar uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda.

28-oktabr, 19:19По-русски
commons.wikimedia.org — Vyacheslav Argenberg

Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, may oyidan boshlab diplomatlar oʻzbekistonliklarning Tailandga safarlarini yengillashtirish ustida maqsadli ish olib bordi.

Respublika fuqarolari Tailand elektron vizasini olishda duch kelayotgan qiyinchiliklarga alohida eʼtibor qaratildi. Ularni bartaraf etish uchun Oʻzbekistonning Tailanddagi Bosh konsulxonasi Tailand Tashqi ishlar vazirligi hamda Turizm va sport vazirligi vakillari bilan muntazam uchrashib kelmoqda. Shu bilan birga, Moskvadagi Tailand diplomatik vakolatxonasi bilan hamkorlikni Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi qoʻllab-quvvatlamoqda.

Avvalroq The Nation nashri Tailand Turizm va sport vazirligi Oʻzbekiston, Kolumbiya va Meksiyadan keladigan sayyohlarga 15 kungacha vizasiz kirishga ruxsat berish imkoniyatini koʻrib chiqayotganini yozgan edi. Bu chora hujjatlarni rasmiylashtirishdagi uzoq kechikishlarni kamaytirish va koʻproq sayyohlarni jalb etishga qaratilgan.

Yana oʻqing