Payshanba, 29-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD12 004.02▲ 85.04EUR13 361.67▲ 77.97RUB148.80▲ 0.76CNY1 800.68▲ 13.08KZT26.35▲ 0.23GBP15 950.94▲ 74.8629.10.2026 holatiga
Startaplar

IT Park Berlinda nemis biznesi bilan memorandumlar imzoladi

Delegatsiya oʻzbekistonlik startaplarning Yevropa bozorlariga chiqishi va STATION Fʼda innovatsion markaz tashkil etish imkoniyatini muhokama qildi.

29-oktabr, 16:09По-русски
uzdaily.uz — IT Park Uzbekistan

IT Park Uzbekistan Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi va Berlitz taʼlim kompaniyasi bilan ikkita memorandum imzoladi. Hujjatlar delegatsiyaning Parij, Myunxen va Berlinga tashrifi davomida imzolandi. Tashrifning markaziy voqeasi Uzbekistan Outsourcing Conference (UOC Berlin 2026) konferensiyasi boʻldi.

Germaniya biznes hamjamiyati bilan tuzilgan memorandum biznes yuritish va qoʻllab-quvvatlash choralari haqidagi axborot almashinuvini, shuningdek, qoʻshma tarmoq tadbirlari, biznes delegatsiyalari va B2B muzokaralarini nazarda tutadi. Berlitz bilan kelishuv esa Oʻzbekistondagi BPO sohasi uchun nemis tilini biladigan mutaxassislarni tayyorlash dasturini ishlab chiqishni koʻzda tutadi.

Konferensiyada mamlakatning investitsiyaviy va kadrlar salohiyati, IT Parkʼda ishlash shartlari hamda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etildi. Tadbirda xalqaro biznes va texnologiya kompaniyalarining 90 dan ortiq vakili ishtirok etdi. Alohida muzokaralarda mutaxassislarni xorijiy loyihalarga jalb etish, autsorsingni rivojlantirish, bulutli yechimlar va Toshkentda Venture Café maydonchasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yana oʻqing