Payshanba, 29-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD12 004.02▲ 85.04EUR13 361.67▲ 77.97RUB148.80▲ 0.76CNY1 800.68▲ 13.08KZT26.35▲ 0.23GBP15 950.94▲ 74.8629.10.2026 holatiga
Kompaniyalar

Volkswagen III chorakda operatsion zararini 4,5 baravar oshirdi

Avtomobil ishlab chiqaruvchining tushumi uchinchi chorak yakunlariga koʻra 6,3 foizga qisqarib, tahlilchilar kutganidan past darajaga tushdi.

29-oktabr, 16:27По-русски
interfax.ru — dpa/picture-alliance/ТАСС

Volkswagenning iyul–sentabr oylaridagi operatsion zarari 5,86 milliard yevroni tashkil etdi. Hisobotda qayd etilishicha, natijaga 8,7 milliard yevrolik bir martalik xarajatlar taʼsir koʻrsatgan.

Kompaniya joriy yilda tushum kamayishini kutishda davom etmoqda va operatsion rentabellik prognozini saqlab qolmoqda. Oʻtgan oy Volkswagen restrukturizatsiya rejasini tasdiqladi.

Ushbu reja doirasida konsern shtatni qisqartirish, model qatorini kamaytirish va Germaniyadagi zavodlarni yopish masalasini koʻrib chiqmoqchi.

Yana oʻqing