DoorDashʼning Instacartʼni sotib olish boʻyicha bitimi payshanba kuni ertalabdayoq eʼlon qilinishi mumkin
Bozor yopilgandan keyingi savdolarda Instacart aksiyalari qariyb 4 foizga koʻtarildi, DoorDash aksiyalari esa 1 foizdan kam pasaydi.
29-oktabr, 11:26По-русски
CNBCʼga vaziyatdan xabardor manbalar maʼlum qilishicha, DoorDash Instacartʼni sotib olish boʻyicha bitimni payshanba kuni ertalabdayoq eʼlon qilishi mumkin.
Dushanba kuni bir nechta nashr kompaniyalar oʻrtasidagi muzokaralar ancha ilgarilab ketgani va Instacartʼning taxminan 17 milliard dollarga baholanishi mumkinligi haqida xabar berdi. Avvalroq The Information Instacart sotuv imkoniyatini oʻrganayotgani va bu masalani Uber hamda DoorDash bilan muhokama qilgani haqida yozgan edi.



