Nvidianing Hugging Faceʼni 12,9 mlrd dollarga sotib olish boʻyicha bitimi AQSh Adliya vazirligi eʼtiborini tortdi
Nvidia maʼlumotlariga koʻra, Hugging Face platformasidan 18 mln.dan ortiq kishi va 200 000.dan ortiq kompaniya foydalanadi.
29-oktabr, 14:04По-русски

commons.wikimedia.org — Anderseidesvik
AQSh Adliya vazirligi Nvidia sentyabr oyida eʼlon qilgan Hugging Faceʼni 12,9 mlrd dollarga sotib olish bitimini oʻrganmoqda. Vazirlik ushbu xarid sunʼiy intellekt sohasidagi raqobatchilarga qanday taʼsir koʻrsatishi mumkinligi bilan qiziqmoqda.
Hugging Face, shuningdek, tashkilotlarga yopiq sunʼiy intellekt tizimlari bilan hamkorlikda ishlash uchun infratuzilma va vositalarni, jumladan chip ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga ham sotadi.
Nvidia izoh berishdan bosh tortdi.



