Payshanba, 29-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD12 004.02▲ 85.04EUR13 361.67▲ 77.97RUB148.80▲ 0.76CNY1 800.68▲ 13.08KZT26.35▲ 0.23GBP15 950.94▲ 74.8629.10.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Uzbekistan Airways: 4 noyabrdan AQShga uchish uchun Kongo Demokratik Respublikasiga bormaganlik deklaratsiyasi kerak

AQShga uchayotganlar Kongo Demokratik Respublikasida boʻlmaganini tasdiqlashi kerak: Uzbekistan Airways CDCning yangi qoidasi haqida ogohlantirdi.

29-oktabr, 13:44По-русски
commons.wikimedia.org — Sam Hidayat

Amerika Qoʻshma Shtatlariga uchayotgan Oʻzbekiston aholisi qoʻshimcha hujjat rasmiylashtirishi kerak boʻladi. Bu haqda Uzbekistan Airways AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining (CDC) yangi koʻrsatmasiga tayanib maʼlum qildi. Boshqa mamlakatdan AQShga kelayotgan har bir yoʻlovchi deklaratsiyani imzolashi kerak. AQSh hududidagi aeroportda faqat tranzit uchun toʻxtaydiganlar ham bundan mustasno emas.

Hujjatda yoʻlovchi parvozdan oldingi soʻnggi uch hafta davomida Kongo Demokratik Respublikasiga bormaganini koʻrsatishi kerak. Samolyotdan tushmagan holda Kongo aeroportida qisqa toʻxtash ham mamlakatga tashrif buyurish deb hisoblanadi.

Talab Toshkent vaqti bilan 4 noyabr kuni soat 9:59 da kuchga kiradi. Hujjat har bir kishi uchun alohida toʻldiriladi, voyaga yetmaganlar uchun esa ota-onasi yoki qonuniy vakillari javob beradi. Deklaratsiyasi boʻlmagan yoʻlovchilar samolyotga chiqarilmaydi. AQSh qonunchiligiga koʻra, notoʻgʻri maʼlumot koʻrsatish jinoiy ishga sabab boʻlishi mumkin. Shaklni CDCning rasmiy saytida yuklab olish mumkin.

Yana oʻqing