Biznesni sogʻlomlashtirish Stellantisga 4,5 mlrd dollarlik pul chiqimiga tushdi
Kompaniya 2027 yilda sanoat faoliyatidan ijobiy erkin pul oqimiga chiqish prognozini tasdiqladi.
29-oktabr, 17:24По-русски
Uchinchi chorakda Stellantisning sanoat faoliyatidan manfiy erkin pul oqimi 4 mlrd yevroni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich bir yil avvalgi 4,3 mlrd yevroga nisbatan yaxshilandi. Kompaniya savdolar bir necha yil davomida pasayganidan, ayniqsa Shimoliy Amerikada, daromadlilikni tiklashga qaratilgan besh yillik dasturni davom ettirmoqda.
Reja avtomobil brendlari portfeliga investitsiya kiritish, yangi avtomobillarni ishga tushirish, modellarni yangilash va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutadi. Mablagʻlarning qariyb 60 foizini Shimoliy Amerika yoʻnalishiga yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.



