airBaltic aviakompaniyasi qariyb 100 nafar uchuvchi va 200 nafar bort kuzatuvchisini ishdan boʻshatadi
31 oktabrdan xodimlar ish oʻrinlari saqlanib qolishi haqida bilib ola boshlaydi, qisqartiriladigan xodimlar roʻyxatini esa 28 oktabrda tasdiqlash rejalashtirilgan.

27 oktabr kuni xodimlarga maʼlum qilindi: airBaltic floti 36 ta samolyotgacha qisqartirilsa, uchuvchilarning taxminan beshdan toʻrt qismi va bort kuzatuvchilarining toʻrtdan uch qismi ishini saqlab qoladi. Riga bazasida bort kuzatuvchilarining barcha ish oʻrinlarini qisqartirish rejalashtirilmoqda. Ishdan boʻshatiladiganlar soniga oʻz xohishi bilan ketgan xodimlar kiritilmagan.
Latviya aviatsiya kasaba uyushmasi taʼkidlashicha, xodimlarni tanlash uchun kasaba uyushmalari bilan kelishilmagan ichki roʻyxatlar va baholash metodikasidan foydalaniladi. Xodimlar bilan individual muzokaralarni 31 oktabrdan boshlash rejalashtirilgan.
Shtatlarni qisqartirish airBaltic kompaniyasining samaradorlikni oshirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan yangi biznes-rejasining bir qismidir. Aviakompaniya qarzlarini qayta tuzish jarayonidan ham oʻtmoqda.



