YTTB Oʻzbekistonda yoshlar biznesini qoʻllab-quvvatlash uchun 25 mln dollargacha yoʻnaltiradi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Davr Bank uchun 25 mln dollargacha boʻlgan kredit liniyasini ochadi. Mablagʻlar yosh tadbirkorlar egalik qiladigan yoki ular boshqaradigan mikro, kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Kredit AQSh dollarida yoki oʻzbek soʻmiga bogʻlangan sintetik instrument orqali berilishi mumkin.
Mablagʻlarni yoshi 35 dan kichik boʻlgan yosh tadbirkorlar egalik qiladigan yoki boshqaradigan firmalar olishi mumkin. Talablarga javob beradigan mijozlar YTTBning «Kichik biznes uchun maslahatlar» tashabbusi doirasida oʻquv, maslahat va boshqa moliyaviy boʻlmagan yordamdan foydalanishlari mumkin.
Loyiha poytaxtdan tashqaridagi yosh biznesning mablagʻ jalb qilishini yengillashtirishi kerak. Shuningdek, u bankka bunday qarz oluvchilar uchun mahsulotlar va ichki tizimlarni takomillashtirishga yordam beradi. Hukumat statistikasi shuni koʻrsatadiki, 30 yoshdan oshmaganlar Oʻzbekiston aholisining 26 foizidan koʻprogʻini tashkil etadi.


