Neftni qayta ishlash boʻyicha rekord marja Shell foydasini deyarli ikki baravar oshirdi
Kompaniya yangi aksiyalarni qayta sotib olish dasturini kelasi yil boshida toʻrtinchi chorak natijalari eʼlon qilinadigan vaqtga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda.

Shell kompaniyasining uchinchi chorakdagi tuzatilgan foydasi 10,814 mlrd dollarni tashkil etdi. Bir yil avval bu koʻrsatkich 5,432 mlrd dollar boʻlgan.
Neftni qayta ishlash boʻyicha global indikativ marja bir barrel uchun 42 dollargacha oshib, rekord darajaga yetdi. Ikkinchi chorakda bu koʻrsatkich 24 dollar edi. Natijalarni suyultirilgan tabiiy gaz va gaz narxlarining yuqoriligi, shuningdek, treydingdagi kuchli koʻrsatkichlar ham qoʻllab-quvvatladi.
Natijalar fonida Shell aksiyalarni qayta sotib olish dasturini 4,2 mlrd dollardan 5 mlrd dollargacha oshirdi. Avvalgi dastur allaqachon yakunlangan.

