Juma, 30-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD12 066.22▲ 62.20EUR13 444.18▲ 82.51RUB149.74▲ 0.94CNY1 811.36▲ 10.68KZT26.63▲ 0.28GBP16 075.82▲ 124.8830.10.2026 holatiga
Bozorlar

Kumush narxi 2025-yil noyabridan beri ilk bor unsiyasi uchun 50 dollardan pastga tushdi

30-oktabr kungi savdolarda COMEX birjasida kumush boʻyicha dekabr fyuchersi 5,2 foizga arzonlab, unsiyasi uchun 49,66 dollarga yetdi. Narxning pasayishi yuqori inflyatsiya va iqtisodiyotning barqaror oʻsishi fonida AQSh Federal zaxira tizimi 2026-yil oxirida stavkani oshirishi haqidagi kuchaygan kutilmalar bilan bogʻlanmoqda.

30-oktabr, 20:59По-русски

Kumush 2025-yil 24-noyabrdan beri eng past koʻrsatkichga tushdi. AQShda inflyatsiya tezlashganidan soʻng investorlar Federal zaxira tizimi yil oxirigacha stavkani oshirishi mumkinligini kutmoqda: shaxsiy isteʼmol xarajatlarining bazaviy indeksi sentabr oyida oyiga 0,5 foizga oʻsdi, yillik koʻrsatkich esa 3,6 foizga yetdi. Federal zaxira tizimi inflyatsiya xatarlarini baholashda ushbu indikatorдан foydalanadi.

Regulyatorning soʻnggi yigʻilishida stavka 3,75–4 foiz darajasida saqlab qolindi va yuqori inflyatsiya saqlanib qolayotgan bir paytda iqtisodiy faollik barqaror ekani qayd etildi. «BCS Mir investitsiy» fond bozori eksperti Andrey Smirnovning fikricha, kumush spekulyativ talab koʻmagidan ham ayrilgan. Freedom Global tahlilchisi Vladimir Chernovning baholashicha, kotirovkalarga sanoat talabining pasayishi, jumladan quyosh panellari ishlab chiqaruvchilari tomonidan bildirilayotgan talabning kamayishi ham qoʻshimcha bosim qilmoqda.

Yana oʻqing