Daromad prognozi yomonlashgach, Intel aksiyalari 27 foizdan koʻproqqa tushdi
Intel aksiyalari 30-oktabr kuni asosiy savdolar boshlanishidan oldingi savdolarda 27,4 foizga pasaydi. Bunga kompaniyaning 2026-yilning toʻrtinchi choragidagi daromadni 15–16 mlrd dollar darajasida prognoz qilgani sabab boʻldi — bu tahlilchilar kutganidan past.

Intel kompaniyasida prognozning pasaytirilishini shaxsiy kompyuterlar uchun protsessorlarga boʻlgan talabning kamayishi va maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari uchun komponentlar yetkazib berishdagi muammolar bilan izohlashdi. Uzilishlar Isroildagi zavod toʻxtatilganidan keyin yuzaga keldi; ushbu yoʻnalish kompaniyaga katta foyda keltiradi.
Tahlilchilar daromad oʻrtacha 17 mlrd dollar boʻlishini kutgan edi. Intelning aksiyaga toʻgʻri keladigan tuzatilgan foyda boʻyicha prognozi ham Wall Street kutganidan past — 0,25 dollar, prognoz esa 0,43 dollar edi.

