Juma, 30-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD12 066.22▲ 62.20EUR13 444.18▲ 82.51RUB149.74▲ 0.94CNY1 811.36▲ 10.68KZT26.63▲ 0.28GBP16 075.82▲ 124.8830.10.2026 holatiga
Banklar

Markaziy bank aktivlari boʻyicha Oʻzbekistonning eng yirik banklarini maʼlum qildi

Markaziy bank 2026 yilning toʻqqiz oyi yakunlarini sarhisob qilib, banklarning aktivlari hajmi boʻyicha reyting tuzdi. Oʻtgan yilgidek, dastlabki uch oʻrinni davlat banklari egalladi.

30-oktabr, 20:18По-русски
POURIA, Unsplash

Aktivlar hajmi boʻyicha Oʻzmilliybank 146,8 trln soʻm bilan yetakchilik qilmoqda. Bu bank tizimidagi jami aktivlarning 14 foiziga teng. Ikkinchi oʻrinda Agrobank (126,5 trln soʻm), uchinchi oʻrinda Oʻzsanoatqurilishbank (104,3 trln soʻm) bormoqda. Ushbu uch bankka soha aktivlarining jami 36,1 foizi toʻgʻri keladi.

Keyingi oʻrinlarda esa oʻzgarish yuz berdi. Kapitalbank bir yil ichida aktivlarini 28,5 foizga, 66,6 trln soʻmgacha oshirib, toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi va Asakabankni ortda qoldirdi. U mamlakatdagi eng yirik xususiy bank boʻlib qolmoqda. Keyingi oʻrinlarni Xalq banki, Ipoteka-bank, Hamkorbank, Biznesni rivojlantirish banki va Ipak Yoʻli banki egallagan.

Yetakchi banklar bir xil surʼatda oʻsmadi. Oʻzmilliybank aktivlarini atigi 1,1 foizga, Asakabank 2,4 foizga oshirdi, Agrobank esa aktivlarini chorak qismga koʻpaytirdi. Yirik banklar orasida eng tez Trustbank oʻsdi — 78,5 foizga. Octobank esa aktivlarini qariyb 2,8 baravar oshirdi. Kichik banklar — Uzum Bank, Apexbank va Hayot Bank — aktivlarini bir yil ichida ikki-uch baravar koʻpaytirdi. TBC Bank esa, aksincha, aktivlari qisqargan yagona yirik bank boʻldi: ular 5,2 foizga kamaydi.

Omonat hajmi boʻyicha birinchi oʻrinda Oʻzmilliybank (58,8 trln soʻm), ikkinchi oʻrinda Kapitalbank, uchinchi oʻrinda Agrobank turibdi. Kredit portfeli hajmi boʻyicha ham aktivlar reytingidagi ayni shu uch bank yetakchilik qilmoqda.

Yana oʻqing