Juma, 30-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD12 066.22▲ 62.20EUR13 444.18▲ 82.51RUB149.74▲ 0.94CNY1 811.36▲ 10.68KZT26.63▲ 0.28GBP16 075.82▲ 124.8830.10.2026 holatiga
Kompaniyalar

Oʻzbekiston prezidenti Evyap Holding bilan mamlakatda ishlab chiqarish hajmini oshirishni muhokama qildi

Anqarada Shavkat Mirziyoyev va Evyap Holding «OSTIM Global» sanoat zonasidagi yangi loyihani tezlashtirishga kelishib oldi. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyoni mahalliylashtirish masalasi muhokama qilindi.

30-oktabr, 19:16По-русски
Пресс-служба президента Узбекистана

Anqarada Oʻzbekiston prezidenti Evyap Holding direktorlar kengashi aʼzosi Umer Evyap bilan uchrashdi. Muzokaralarda hamkorlikni kengaytirish va mamlakatda yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shaxsiy gigiyena vositalari va kosmetika mahsulotlari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya qoʻshma tashabbuslarga qoʻshilishga tayyorligini bildirdi. Erishilgan kelishuvlar sanoat kooperatsiyasini qoʻllab-quvvatlashi, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirishi va investitsiyalarni jalb etishga yordam berishi kutilmoqda.

Yana oʻqing