OFAC «LUKOIL»ning xorijdagi aktivlarini sotish litsenziyasini 19-dekabrgacha uzaytirdi
OFAC LUKOIL International GmbH yoki u nazoratidagi kompaniyani sotish boʻyicha muzokaralar va shartli kelishuvlar tuzishga ruxsat beruvchi litsenziyani 19-dekabrgacha uzaytirdi.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati 21-noyabrda tugashi kerak edi. U «LUKOIL»ning xorijdagi aktivlariga egalik qiluvchi LUKOIL International GmbHga taalluqli boʻlib, ularni sotishni muhokama qilishga imkon beradi. Biroq har bir bitimni OFAC alohida maʼqullashi kerak.
Litsenziya LUKOIL International GmbH tuzilmalarining faoliyatini davom ettirish yoki bosqichma-bosqich qisqartirib borish uchun amalga oshiriladigan operatsiyalarni, jumladan, shartnomalar va boshqa kelishuvlarni bajarishni ham qamrab oladi. Ruxsatnomaning bu qismi AQSh sharqiy vaqti bilan 2027-yil 20-fevral soat 00:01 gacha amal qiladi.






