Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Texnologiyalar

AQShdagi TikTok Shop Xitoyda ish tajribasiga ega rahbarlar boshqaruviga oʻtdi

AQShdagi TikTok Shop operatsiyalariga Douyin elektron tijoratining sobiq rahbari Mu Qing boshchilik qilmoqda. Tovar toifalarining yetti nafar rahbaridan olti nafari avval Xitoyda ishlagan.

13-noyabr, 12:52По-русски

Read in English

businessinsider.com

Business Insider nashrga taqdim etilgan tashkiliy tuzilma va kompaniya xodimlari bilan suhbatlar asosida TikTok Shopʼning AQShdagi boʻlinmasi tuzilmasini qayta tikladi. Qing TikTokʼning bosh kompaniyasi — ByteDanceʼdagi elektron tijorat yoʻnalishi rahbari Bob Kanʼga boʻysunadi.

AQShdagi tovar toifalarining yetti nafar rahbaridan olti nafari bundan avval Xitoyda ByteDance yoki boshqa kompaniyalarda ishlagan. AQShdagi TikTok Shop kontent yaratuvchilariga masʼul jamoa rahbari ilgari Douyinʼda xuddi shu yoʻnalishga boshchilik qilgan.

TikTok Shop AQShda 2023 yilda ishga tushirilgan. Xizmat savdo videolarini joylaydigan va toʻgʻridan-toʻgʻri efirlar oʻtkazadigan minglab brendlar hamda influencerlarni jalb qildi. Dastlab AQShdagi operatsiyalarni asosan Amazon va boshqa AQSh kompaniyalarida ish tajribasiga ega rahbarlar boshqargan.

Bir necha qayta tashkil etish, ish faoliyatini qayta koʻrib chiqish davrlari va xodimlarning oʻz xohishiga koʻra ketishlaridan soʻng boʻlinma asosan Xitoy elektron tijorati sohasida tajribaga ega rahbarlar boshqaruviga oʻtdi. TikTok vakilining aytishicha, AQShdagi Shop rahbarlari jamoasi bir yildan ortiq vaqt davomida deyarli oʻzgarmagan, butun tashkilot esa turli hajmdagi Amerika kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media