BDS faollari Murphy Oil kompaniyasidan Isroil gaz loyihasidan chiqishni talab qilmoqda
“Boykot, investitsiyalardan voz kechish va sanksiyalar” (BDS) harakati Amerikaning Murphy Oil kompaniyasini Isroil sohillari yaqinidagi, “Leviafan” koni yonida joylashgan Zone G blokida gaz qidirish litsenziyalaridan voz kechishga chaqirdi.

Murphy dushanba kuni loyihaga kirib, Italiyaning Eni va Britaniyaning Dana Petroleum kompaniyalarining oʻrnini egalladi. Endi u litsenziyalarga Isroilning Ratio Energies kompaniyasi bilan teng ulushlarda egalik qiladi.
Eni yil boshida investitsiyalarni qayta taqsimlashni sabab qilib, loyihadan chiqdi. Isroilning Globes nashri bu qarorga faollar bosimi ham taʼsir qilganini yozdi. Dana Petroleum kompaniyasining ishtirokiga qarshi Shotlandiya va Janubiy Koreyada namoyishlar oʻtkazildi. Isroil OAV maʼlumotlariga koʻra, kompaniya regulyator maʼqullagan taqdirda loyihaga qaytishi mumkin.
Faollarning taʼkidlashicha, Zone G hududining bir qismi Falastin 2019 yilda eʼlon qilgan, biroq Isroil tan olmaydigan dengiz chegaralariga kirib boradi. Ular, shuningdek, BMT Xalqaro sudining 2024 yilgi xulosasiga tayanmoqda. Unda Isroilning bosib olingan hududlarda tabiiy resurslardan foydalanishi noqonuniy ekani aytilgan.
Murphy hozircha bunga ommaviy ravishda munosabat bildirmadi. Kompaniya va Ratioʻda qidiruv qudugʻini burgʻilash uchun 36 oy muddat bor.






