Oʻzbekiston 5 mln dollarlik mukofot jamgʻarmasiga ega xalqaro startaplar tanlovini oʻtkazadi
2027-yil bahorida Oʻzbekistonda Land of Startups xalqaro musobaqasining ilk saralash bosqichi boʻlib oʻtadi. Uning mukofot jamgʻarmasi 5 mln dollarni tashkil etadi.

Tanlov, avvalo, xorijiy jamoalarga moʻljallangan: gʻoliblar venchur investitsiyalarini qoʻlga kiritadi va oʻz mahsulotlarini mahalliy bozorda qoʻllash imkoniyatiga ega boʻladi. Hukumat shu orqali respublika mintaqaviy startap markaziga aylanishiga umid qilmoqda.
Ishtirokchilar beshta yoʻnalishga ajratiladi: sunʼiy intellekt, ijtimoiy soha uchun raqamli xizmatlar, fintech, geyming va kreativ industriyalar, shuningdek, sanoat hamda B2B uchun texnologiyalar. Har bir loyihaga kiritiladigan mablagʻ miqdori uning natijalariga bogʻliq boʻladi. Eng yaxshi jamoalarga Oʻzbekistonda mahsulotlarini joriy etish va xorijiy bozorlarga chiqishda ham yordam beriladi.
Shu bilan birga, davlat yosh tadbirkorlar uchun kreditlar, qarzlar va xarajatlarning bir qismini qoplash mexanizmlarini joriy etmoqda hamda IT-mutaxassislarni tayyorlash dasturlarini ishga tushirmoqda.






