Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Payshanba, 5-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD11 935.37▲ 23.66EUR13 432.07▲ 112.40RUB145.58▼ 0.91CNY1 788.85▲ 3.63KZT26.40▲ 0.10GBP16 093.65▲ 118.8605.11.2026 holatiga
Bozorlar

Rheinmetall aksiyalari prognoz pasaytirilganidan soʻng 17 foizga tushdi

Payshanba kuni ertalab Germaniyaning mudofaa konserni Rheinmetall AG aksiyalari 17 foizdan koʻproqqa arzonladi. Bir kun avval kompaniya 2026 yil uchun prognoz koʻrsatkichlarini pasaytirdi: tushum endi avvalgi 13,7–14,2 mlrd yevro oʻrniga qariyb 13,2 mlrd yevro boʻlishi, operatsion marja esa 19 foiz oʻrniga 18,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

5-noyabr, 21:27По-русски

Buning asosiy sababi Bundesverning Arminius loyihasi doirasida Boxer zirhli mashinalarini yetkazib berish boʻyicha yirik buyurtmasi katta ehtimol bilan 2027 yilga koʻchirilishidir. Artilleriya oʻq-dorilarini qabul qilib olishdagi kechikishlar sabab tushumning bir qismi ham keyingi muddatga suriladi, niderlandiyalik Destinus bilan hamkorlik esa rejalashtirilganidan kamroq daromad keltiradi. Kompaniya yil yakunlari boʻyicha ijobiy erkin pul oqimini olishni hanuz kutmoqda.

Prognoz yil davomida allaqachon ikkinchi marta pasaytirildi. Avgust oyida Rheinmetall Germaniya F126 fregatlari dasturini bekor qilganidan soʻng prognozini 300 mln yevroga qisqartirgandi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing