«Oʻzkimyosanoat» toʻqqiz oyda ishlab chiqarishni 10,2 foizga oshirdi
«Oʻzkimyosanoat» korxonalari 2026 yilning toʻqqiz oyida 20,7 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqardi.
4-noyabr, 16:33По-русски

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, yanvar–sentabr oylarida sanoat ishlab chiqarishi hajmi 20,7 trln soʻmga yetib, reja koʻrsatkichidan 14,3 foizga oshdi. Holdingda ishlab chiqarish hajmi va mahsulot turlarini kengaytirish davom etayotgani maʼlum qilindi.
Hisobot davrida korxonalar 1,0519 mln tonna mineral oʻgʻit ishlab chiqardi. Shuningdek, avtomobil shinalari, konveyer lentalari, superfosfat, kaustik soda va polivinilxlorid ishlab chiqarish hajmi ham oshdi.






